16:02 / 28.02.2018
6 584

Ergash otaning tropik bog‘i (Fotoreportaj)

Ergash otaning tropik bog‘i (Fotoreportaj)
Ma’lumki, apelsin, kivi, papayya kabi mevalar asosan tropik iqlimli mamlakatlarda yetishtiriladi. Qashqadaryolik Ergash Botirov ushbu sitrus mevalarni yurtimizda ham yetishtirishning uddasidan chiqqan omilkorlardan, deb yozadi O‘zA.

– Ikki sotixli issiqxonamizda avval limonchilikni yo‘lga qo‘ydik, - deydi Ergash Botirov. – So‘ng, apelsin yetishtirishni o‘zlashtirish maqsadida issiqxonaga ushbu daraxtning ko‘chatini o‘tqazdik. Bu yil ekinimiz ilk hosilga kirdi. Parvarishdagi papayya daraxti ham baravj rivojlanmoqda.

G‘uzor tumanida joylashgan mazkur mo‘jaz tropik bog‘da shuningdek, 20 dan ziyod turdagi xona gullari parvarishlanadi. Ushbu kamyob anvoyi gullarning ixlosmand-xaridorlari juda ko‘p.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ergash otaning tropik bog‘i (Fotoreportaj)