15:45 / 02.03.2018
11 402

Toshkentni titratgan “temir prokuror” oilasi bilan qo‘lga olindi!

Toshkentni titratgan “temir prokuror” oilasi bilan qo‘lga olindi!
Ichki ishlar mutasaddilaridan kelgan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi 68 yashar Mira’lam Mirzayev (laqabi Antibiotik) ustidan jinoiy ish ochilgan.

IIV mulozimlaridan birining bildirishicha, Mira’lam Mirzayev ustidan ochilgan jinoiy ish doirasida MXXning Toshkent shahar boshqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi sobiq boshlig‘i, 42 yashar Abdurashid Mirzayev (Mira’lam Mirzayevning o‘g‘li), Toshkentdagi “Yunusobod advokatlar kollegiyasi” rahbari Muhabbat Hasanova ( laqabi Kardinal – Mira’lam Mirzayevning xotini) hibsga olingan.

Shuningdek, u Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlasa-da, Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlanishi jarayonida qatnashmagani, o‘zi va unga sodiq bir qator tuman prokurorlari bilan birga yangi tayinlovga shu tarzda “boykot” e’lon qilgani, Gulnora Karimovani hibsga olish haqidagi sanksiyaga aynan Mira’lam Mirzayev imzo chekkani xususida ham ma’lumotlar bor.

Mazkur hibsga olishlar sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov hibsga olinishining uzviy zanjiri deya baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentni titratgan “temir prokuror” oilasi bilan qo‘lga olindi!