16:16 / 02.03.2018
4 668

Rossiyadan O‘zbekistonga qurol olib kirgan shaxs aniqlandi

Rossiyadan O‘zbekistonga qurol olib kirgan shaxs aniqlandi
Nukus tumanida fuqaro Q.D.ning xonadoni uning roziligi bilan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi va hovlisining orqa tomonida joylashgan molxonasi yonidagi qamishlar orasiga 2 dona ov miltig‘i, 23 dona gilza, 34 dona kapsyullar nokonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroda qurollarni saqlash bo‘yicha hech qanday hujjat bo‘lmagan.

Shuningdek, Qo‘ng‘irot tumanida A.A.ning xonadonida kalibri 16 mm. bo‘lgan 1 dona bir stvolli ov miltig‘i va 3 dona gilzalarni noqonuniy ravishda yashirgan holda saqlab quygani aniklandi. Kegeyli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.T.ning xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, bu yerda 1 dona ikki stvolli ov miltig‘i hech qanday hujjatlarsiz saqlayotgani fosh bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston temir yo‘l stansiyasida “Volgograd – Toshkent” yo‘lovchi poyezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida O‘zbekiston fuqarosi B.P. yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 9 kg. ov miltig‘ining droblarini noqonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasidan mamlakatimizga olib kelayotgani aniqlandi.

Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi. Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan O‘zbekistonga qurol olib kirgan shaxs aniqlandi