18:50 / 02.03.2018
7 911

“Avtotest” monopoliyasiga qarshi chiqqan deputatlar kim edi?

“Avtotest” monopoliyasiga qarshi chiqqan deputatlar kim edi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Qodir Jo‘rayev, Rasul Kusherboyev, Qobil Nosirov hamda Akmal Umrzoqov avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha “Avtotest” MCHJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha hukumatga murojaat bilan chiqqan edi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtarish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” 139-sonli qarori bilan23 fevral kuni O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Avtotest” innovatsion avtomaktabining monopol huquqi bekor qilindi.

Biroq, “Avtotest” monopoliyasiga qarshi chiqqan deputatlardan biri Rasul Kusherboyev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida Hukumatning qaroridan qoniqmaganini yozib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari yo‘llagan Murojaatnomasida deputatlarni qattiq tanqid qilgan edi.

Yuqorida nomlari keltirilgan deputatlar Prezidentning aytganlaridan ruhlandimi? Har holda O‘zbekiston tarixida bunday yirik monopoliyaga deputatlarning qarshi chiqishi birinchi marta kuzatilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xo‘sh, “Avtotest” monopoliyasini rad etayotgan, xalqning dardini eshitayotgan deputatlar kim? Odamlar ularni taniydimi?

Biz ular haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga qaror qildik.

Qodir Asadovich Jo‘rayev

Qodir Jo‘rayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi.
1972 yilning 11 avgust kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1995 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori, dotsent.

Rus, fransuz, ingliz va tojik tillari mukammal biladi.
2010 yilda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

Rasul Xidraliyevich Kusherboyev

Rasul Kusherboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi.
1987 yilning 12 yanvar kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tavallud topgan.

Millati – qozoq. Ma’lumoti – oliy.
2010 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Rus va ingliz tillarini biladi.
2015 yilda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ќonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

Qobil Erkinovich Nosirov

Qobil Nosirov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi.
1959 yil 9 dekabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1983 yilda hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo va biologiya fakultetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi.
Rus tilini biladi.

Akmal Axataliyevich Umrzoqov

Akmal Umrzoqov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi.
1981 yilning 8 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan.
Millat – o‘zbek. Ma’lumoti oliy.

2002 yilda Toshkent davlat yuridik universiteti X 2004 yil Glazgo universiteti (Shotlandiya) (xalqaro huquq magistri) 2009 yil Sukuba universiteti (Yaponiya) (xalqaro munosabatlar magistri)ni tamomlagan.
Xalqaro xuquq magistri, xalqaro munosabatlar magistri.

Rus, turk, ingliz, yapon tillarini mukammal biladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ќonunchilik palatasi deputati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Avtotest” monopoliyasiga qarshi chiqqan deputatlar kim edi?