21:30 / 02.03.2018
5 237

O‘zbek-tojik chegarasida to‘qqizta o‘tkazish punkti ochildi

O‘zbek-tojik chegarasida to‘qqizta o‘tkazish punkti ochildi
1 mart kuni o‘zbek-tojik davlat chegarasi orqali to‘qqizta o‘tkazish punkti ochildi, deya xabar qildi Gazeta.uz nashri.

“Jartepa” (“Sarazm”), “Qushkent” (“O‘ra-Tepa”), “Uchqo‘rg‘on” (“Havotog‘”), “Havastobod” (“Zafarobod”), “Bekabod” (“Hashtyak”), “Pop” (“Navbunyod”), “Ravot” (“Ravot”), “Gulbahor” (“Ayvaj”) avtomobil o‘tkazish punktlari va “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshladi.

“Ko‘lob-Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi “Amuzang” (“Hoshadi”) temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 7 mart kuni qatnashni boshlaydi.

Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston hukumatining 21 fevraldagi qaroriga ko‘ra, o‘tkazish punktlariga tutash avtoyo‘llar bo‘ylab yo‘l bo‘yi infratuzilmalari, shuningdek fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek-tojik chegarasida to‘qqizta o‘tkazish punkti ochildi