23:05 / 02.03.2018
6 392

Navbat Samarqandga. Kimlar ishdan olindi?

Navbat Samarqandga. Kimlar ishdan olindi?
Joriy yil boshida o‘tkazilgan o‘rganishlar ayrim viloyatlardagi davolash-profilaktika muassasalarida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida ishlar sust olib borilayotganini ko‘rsatdi, deya yozadi Qalampir nashri.

Xususan, Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasida sterilizatsiya ishlari sifatsiz olib borilgan, ba’zi hollarda bir marotabalik tibbiy buyumlar qayta ishlatib kelingan.

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish jarayonida va boshqa muolajalarni o‘tkazishda amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlari qo‘pol ravishda buzib kelingan. Masalan, birlashmaga qarashli tug‘ruq majmuasining jarrohlik blokida sterilizatsiya jarayoni talabga javob bermaydi.

Yuqoridagi kabi holatlar Samarqand viloyat perinatal markazi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Tayloq, Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmalari faoliyatida ham aniqlangan.

Mazkur xato va kamchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida muhokama qilindi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bosh shifokori A.Norbo‘tayev hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.Elbabayev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Tayloq, Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari, Samarqand viloyat perinatal markazi bosh shifokoriga nisbatan intizomiy chora qo‘llandi.

Samarqand viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori O.Boymurodovga nisbatan ham intizomiy chora ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha xuddi shunday “tozalash”lar Farg‘ona viloyatida ham amalga oshirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navbat Samarqandga. Kimlar ishdan olindi?