00:35 / 04.03.2018
5 695

Toshkentda zamonaviy ekobozor ochildi

Toshkentda zamonaviy ekobozor ochildi
Bugun, 3 mart kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida zamonaviy ekobozor foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi “O‘zA”.

Bu yerda fermer, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotish imkoniga ega. Bozor haftaning barcha kunlarida tunu kun ishlaydi. Xususan, har kuni 6:00 dan 23:00 gacha mahsulotlarning aholi uchun chakana savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Tungi soat 12:00 dan tonggi 6.00 gacha esa ulgurji savdolar bo‘lib o‘tadi.

Ekobozorda 400 dan ortiq rastalar mavjud. Bu yerda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, maishiy kimyo mahsulotlari savdosi yo‘lga quyiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida oshxona, novvoyxona, dorixona, mini-bank faoliyati tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda zamonaviy ekobozor ochildi