15:49 / 04.03.2018
6 938

Toshkentda navbatdagi mudhish YTH

Toshkentda navbatdagi mudhish YTH
Bugun, 4 mart kuni tungi soat 00:15larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasidagi “Transtexbutlash” MCHJ qarama-qarshisida haydovchi “Neksiya” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, boshqa bir “Kobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuqorida ko‘rsatilgan ikkala transport vositasining haydovchilari hamda “Kobalt” avtomashinasi yo‘lovchisi turli tan jarohatlari olib, tibbiy muassasalarga joylashtirilganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda navbatdagi mudhish YTH