Toshkentda yirik “Lirika”chilar qo‘lga tushdi (video)

  • 05 mart 2018, 18:30
  • 4 542
  • Jamiyat
  • Тошкентда йирик "Лирика"чилар қўлга тушди (видео)
    Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat sifatida qaraladi. Inson salomatligini asrash, muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Salomatligimizni mustahkamlashda dori-darmon vositalari ham muhim ahamiyatga ega.

    Ammo, ming afsuski, sifati kafolatlanmagan, inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi, shifokor retseptisiz berilmaydigan dori-darmon vositalarini noqonuniy ravishda sotish yo‘li bilan mo‘may daromad orttirmoqchi bo‘lgan shaxslar hamon uchrab turibdi.

    Yaqinda Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorliqda inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p miqdordagi “Lirika” va “Tramadol” nomli dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

    Toshkent shahar Uchtepa tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Galenika Farm” MCHJ dorixonasi rahbari, fuqaro J.Abduraupov xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan 3360 dona “LYRICA” nomli dori vositasini noqonuniy ravishda sotayotgan chog‘ida qo‘lga olindi.

    Shundan so‘ng, ushbu shaxs rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi “Galenika Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati dorixonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu dorixonada yana 112 dona xuddi shu kabi dorilar sotilayotganligi, uning egnidagi kurtkasi cho‘ntagidada ham 14 dona “LYRICA” nomli dori vositasi borligi aniqlandi.

    Ma’lumki, dorixonada dorilarni saqlashning o‘ziga xos talablari bor. Ammo ushbu shaxs mo‘may daromad orttirish ilinjida 111 dona “LYRICA” nomli dori vositalarini dorixonaning yuvinish xonasiga yashirib qo‘yganligiga nima deysiz.

    Tekshiruv davomida Jaloliddin Abduraupovga ushbu dorilarni “Dilnur farm plyus” MCHJ dorixonasi rahbari fuqaro T.Zulpanov keltirib berganligi ma’lum bo‘ldi.

    Shundan so‘ng mazkur dorilarni yetkazib bergan fuqaro T.Zulpanovning avtomashinasini ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu avtomashinada 10 dona “Tramadol” nomli inson salomatligiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi.

    Ushbu shaxs faoliyat ko‘rsatuvchi “Dilnur farm plyus” MCHJga qarashli dorixona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda esa ushbu dorixonada ham jami 45 dona “LYRICA” nomli dori vositalari noqonuniy ravishda sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlandi.

    Achinarlisi shundaki, zanjir tariqasida sodir etilgan ushbu huquqbuzarlik holatlarida dorilar ta’minoti qo‘ldan-qo‘lga, bir dorixonadan ikkinchi dorixonaga noqonuniy yetkazib berish orqali amalga oshirilgan.

    Chunki fuqaro T.Zulpanovning dorixonasida sotilayotgan “LYRICA” dori vositasilarining bir qismi “Muzaffar” ismli shaxs tomonidan yana bir qismi esa fuqaro O.Umarov tomonidan yetkazib berilgan.

    Tezkor tadbir davomida fuqaro O.Umarov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, mana bu avtomashinada ko‘zdan kechirish natijasida 49 dona “LYRICA” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

    Mazkur qonunbuzarliklarni sodir etgan shaxslardan qiymati 66,5 mln. so‘mlik, 3700 donadan ziyod “LYRICA” hamda “Tramadol” dorilari ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Hozirda mazkur holat buyicha bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Ushbu holat yuzasidan tayyorlangan tezkor lavhani Telegramdagi rasmiy axborot kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. https://t.me/customschannel
    DBQ Axborot xizmati

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda yirik “Lirika”chilar qo‘lga tushdi (video)