21:30 / 05.03.2018
6 243

Chiroqchidagi gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi

Chiroqchidagi gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida kecha, 4 mart kuni soat 19:15larda “Sho‘rquduq” MFY hududida joylashgan “Odil” MCHJga qarashli avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida chaqnash sodir bo‘ldi.

Ushbu shoxobcha ishchilari H.P. va N.X. ish joyidagi kompressor xonasida kompressorni tozalayotgan vaqtlarida vintlidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada fuqarolar kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchidagi gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi