13:53 / 06.03.2018
7 476

Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi

Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning may oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo hamdo‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o‘tgan Press-brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar shu paytga qadar hamkorlikni mustahkamlab, jiddiy qadamlar tashladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifidan keyin ikki tomonlama aloqalar yanada jadallashgan.

Shuningdek, Yilmaz Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida umumiy qiymati 3,5 mlrd dollarlik savdo, sarmoya, transport va sayyohlik kabi sohalarga yirik loyihalarning amalga oshirilganini alohida ta’kidladi.

Erdo‘g‘anning bo‘lajak tashrifi davomidagi hukumatlararo qo‘shma yig‘ilishda mazkur savdo-iqtisodiy loyihalarning amaliy ijrolari ko‘rib chiqiladi.

Tomonlar tashkil etiladigan uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha yirik qiymatdagi shartnomalar imzolashi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi o‘tgan yillarga qaraganda 29 foizga o‘sishga erishgan.

Xususan, bugungi kunda O‘zbekistonda Turkiyaning 500 dan ortiq shirkati va korxonalari, faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yaqinda yana 20 dan ortiq turk shirkati o‘z faoliyatini O‘zbekistonda boshladi, 53 tasi esa akkreditatsiyadan o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi