09:04 / 07.03.2018
4 667

Abdulaziz Komilov ayol elchilarni bayram bilan tabrikladi

Abdulaziz Komilov ayol elchilarni bayram bilan tabrikladi
Kecha, 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir qator elchilarni tabrikladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlen, Fransiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmor, Misr Arab Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani Al-Itr, Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Syan Yang va BMT vakolatxonasining rahbari Helena Freyzer bilan uchrashdi.

Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan O‘zbekiston va chet elda keng nishonlanadigan bahor bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini iliq muborakbod etdi va ularga sihat-salomatlik, baxt va har tomonlama omad, ularning faol va samarali ishlari va O‘zbekiston bilan AQSH, Fransiya, Misr, Xitoy va BMT o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun minnatdorlik bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulaziz Komilov ayol elchilarni bayram bilan tabrikladi