Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li otasiga qismatdosh bo‘ldi

  • 07 mart 2018, 15:02
  • 6 693
  • Jamiyat
  • Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li otasiga qismatdosh bo‘ldi
    Alisherbek Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
    Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritdi.

    IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Alisherbek Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:

    165-moddaning 2-qismi “a” bandi – takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik;
    165-moddaning 3-qismi “a” bandi – juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik;
    168-moddaning 3-qismi “a” bandi – ko‘p miqdordagi firibgarlik;
    168-moddaning 4-qismi “a” bandi – juda ko‘p miqdordagi firibgarlik;

    Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li otasiga qismatdosh bo‘ldi