22:10 / 07.03.2018
5 466

Toshkentdagi militsiya tayanch punktlari ish vaqti o‘zgardi

Toshkentdagi militsiya tayanch punktlari ish vaqti o‘zgardi
Tayanch punktlarining faoliyati bo‘yicha taklif va shikoyatlar bo‘lgan taqdirda “1102” yoki “102” qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyatining ko‘rsatmasi bilan Toshkent shahridagi barcha 453 ta ichki ishlar organlari tayanch punkti ertalabki 08:00 dan kechki 01:00 ga qadar faoliyat yuritishi belgilab berildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar qildi.

Tayanch punktlarida fuqarolar profilaktika inspektorlari yoki ular yo‘qligida mahalla faollari tomonidan qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, tumanlardagi muvofiqlashtirish boshqarmalari hamda joylardagi ichki ishlar bo‘limlarida sutka mobaynida ish tashkillashtirilgan. Tayanch punktlarining faoliyati bo‘yicha taklif va shikoyatlar bo‘lgan taqdirda “1102” yoki “102” qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi militsiya tayanch punktlari ish vaqti o‘zgardi