14:37 / 09.03.2018
5 547

Mirziyoyev: “Tojikiston bilan munosabatlarni strategik darajaga ko‘taramiz”

Мирзиёев: "Тожикистон билан муносабатларни стратегик даражага кўтарамиз"
Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirib boradi. Bu haqda 9 mart kuni Dushanbega ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev “bir plyus bir” shaklidagi uchrashuv boshlanishidan avval matbuot uchun qisqacha bayonot berdi.

“Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlari yaqin vaqt ichida strategik sheriklik darajasiga chiqadi. Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirib boradi”, - deya aytib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.

O‘z navbatida, Imomali Rahmonning ma’lum qilishicha, Tojikiston O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini barcha tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Ayni daqiqalarda “Qasri millat” qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan “yakkama-yakka” shakldagi uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turistik, madaniy-gumanitar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashrifini soddalashtirish masalasi, mintaqaviy hamda xalqaro muammolar muhokama etilyapti.

Uchrashuvdan so‘ng yetakchilarga ikki davlat hukumat delegatsiyalari qo‘shiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev: “Tojikiston bilan munosabatlarni strategik darajaga ko‘taramiz”