Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2018 yilning 15 yanvarida Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi (mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat) va 228-moddasi 1-qismi (Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda «Xabar.uz» xabar qildi.
Mazkur jinoyat ishi 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasi tartibida Samarqand viloyat prokuraturasiga tergov harakatlarini davom ettirish uchun yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytda Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi