10:47 / 12.03.2018
5 598

YPX xodimlari “pistolet” radarlardan foydalanishi mumkinmi?

YPX xodimlari “pistolet” radarlardan foydalanishi mumkinmi?
Magistral yo‘llarda “pistolet” radarlardan foydalanish mumkin emas. Chunki ular IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi foydalanuvidan chiqarilgan. Xalqaro Press klubning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov jurnalist savoliga javob berar ekan, shu haqda ma’lum qildi.

“YPX xodimlari tomonidan xalq tilida “pistolet” deb ataladigan avtomobil tezligini o‘lchovchi qurilmalardan foydalanish mumkin emas, bu holat noqonuniy hisoblanadi. Chunki vazirlikning tegishli boshqarmasi tomonidan bu turdagi qurilmalar foydalanishdan olingan. Shu sababli bunday qurilmalarga ega YPX xodimlariga duch kelinsa, ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkin”, - dedi Erali Bozorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX xodimlari “pistolet” radarlardan foydalanishi mumkinmi?