Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

  • 13 mart 2018, 10:01
  • 4 395
  • Jamiyat
  • Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib Behzod Musayev tayinlandi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

    Avval, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ham ishlagan Behzod Musayev 12 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan.

    Bungacha, u 2010-2011 yillarda ham shu lavozimda faoliyat yuritgandi. Ayni paytda qo‘mita rasmiy saytida rais birinchi o‘rinbosari lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan.
    Kun.uz axborot manbasining ma’lumotiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisi sobiq birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida lavozimidan ozod etilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi