O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati Reyter agentligining Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro Toshkent anjumanida qurollangan afg‘on oppozitsiyasi, xususan «Tolibon» vakillarining ishtirokiga doir savoliga rasmiy javobni e’lon qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoatchilikni ilgariroq ushbu anjumanga kimlar taklif etilganidan xabardor etganligini qayd etib o‘tgan.
«O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan tashkillashtirilayotgan yuqori darajadagi anjumanga BMT Bosh kotibi va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar muassasalari rahbarlari taklif etilganlar. Shuningdek, taklifnoma Qatarga ham yuborilgan», — deyilgan TIV xabarida.
TIV xabariga ko‘ra, 12 mart sanasiga qadar o‘zlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar. AQSh tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.
Anjumanning boshqa ishtirokchilariga doir ma’lumotlar tez vaqtda ma’lum bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.
«Tolibon» harakatiga keladigan bo‘lsak, anjuman ishida ularning ishtirok etishiga doir murojaat na Afg‘oniston TIV tomonidan, na ularning o‘zidan kelib tushmagan», — deyilgan TIV xabarida.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?