Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vitse-prezidenti Surayyo Yer va agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ihsan Chag‘lar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TIKA tomonidan O‘zbekiston Respublikasida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berildi. Jumladan, TIKA rahbariyati Farg‘ona vodiysida hudud ehtiyojidan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ochish, ayniqsa, talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, payvandlash va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitish tizimini yaratishga e’tibor qaratdi.
Kasb-hunar o‘rgatishda Turkiya Respublikasidan malakali kadrlarni jalb qilib, ta’lim sifatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan malakali kasb egalari mehnat faoliyatini boshlashida kerakli jihoz va anjomlar bilan ta’minlab berilishi alohida ta’kidlandi.
Ushbu tizim avvalo Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushirilishi va keyinchalik respublikamizning qolgan viloyatlarida ham xuddi shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi