13:16 / 17.03.2018
6 649

Farg‘onada o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

Farg‘onada o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi
Farg‘ona shahrida yashovchi 23 yoshli yigit o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

"Farg‘ona shahrida 14 mart kuni soat 22-10larda Yurtparvar ko‘chasi 94-uyda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.Mirzadavlatov Motrudiy ko‘chasida joylashgan "Mirzadavlat" nomli oziq-ovqat savdo do‘koni yerto‘lasida o‘zaro janjal oqibatida 1968 yilda tug‘ilgan otasi Q.Ochildinovga pichoq urgan. Natijada Q.Ochildinov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan", — deyilgan IIV xabarida.

Huquq tartibot xodimlari tomonidan M.Mirzadavlatov qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi