19:05 / 17.03.2018
6 515

Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ishtixon tumani Xina qishlog‘ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuoti xizmati xabar berdi.

Yetmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko‘rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo‘’jazgina issiqxona tashkil etilgan.

Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo‘lgan davlat ham, xonadon ham yo‘q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o‘z mehnatimiz, o‘z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi. Biz odamlarni ish bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o‘ylayapmiz. Tomorqa – tayyor ishchi joy, tayyor daromad, deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoyev tomorqachilik bo‘yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko‘chat va urug‘ tarqatish, o‘simliklarni kimyoviy vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi