22:30 / 17.03.2018
8 508

7 tonnalik o‘choq-qozon Namanganda karnay-surnay sadosi ostida kutib olindi (foto, video)

7 tonnalik o‘choq-qozon Namanganda karnay-surnay sadosi ostida kutib olindi (foto, video)
Namanganga Navro‘z bayrami kunlari 5 tonnalik sumalak tayyorlash uchun Olmaliqdan ulkan o‘choq-qozon keltirildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Avval xabar berganimizdek, Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 20—21 mart kunlari ilk bor «Sumalak sayli» turizm va milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladi.

Foto: «Daryo»
Festivalda 5 tonnalik sumalak tayyorlashga hozirlik ko‘rilib, buning uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Uni pishirishga 25 nafar onaxon jalb etiladi.

Foto: Facebook/Maruf Muminov
Sumalak Namanganga festivalga keladigan mehmonlar, shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ehtiyojmand oilalarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 7 tonnalik o‘choq-qozon Namanganda karnay-surnay sadosi ostida kutib olindi (foto, video)