06:02 / 19.03.2018
4 813

Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati

Байрам кунлари Тошкентда транспорт ҳаракати чекланадиган кўчалар рўйхати
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi bayram kunlari (20-22 mart kunlari, soat 06:00dan 21:00gacha) barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qildi. Ro‘yxat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy saytida keltirilgan.

Ko‘chalar ro‘yxati:
- Ko‘rgazma ko‘chasi – Katta halqa aylanma yo‘li (KHAY) ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

- Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi – KHAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

- Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi – KHAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasiga qadar;

- A.Po‘lat ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Usta Shirin ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Korxoji ota 1-tor ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Korxoji ota ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

- Labzak ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasiga qadar;

- A.Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

Shuningdek, 20-22 mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati