Foto: «GUVD.uz»
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan murojaatda piyodalar o‘tish joyida to‘xtab turgan «Neksiya» rusumli patrul avtomobili fotosurati aks ettirilgan edi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu xabar yuzasidan tekshiruv ishlari olib bordi.
Yo‘l harakati qoidasini buzgan patrul post birgadasi haydovchi xodimi S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1286-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida (bugungi kunda — besh yuz o‘n olti ming yetti yuz yigirma so‘m) jarima tayinlandi.
Sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodimlar tomonidan qonunchilik, xizmat intizomini buzilishi holatlari aniqlanganda, amaldagi qonunchilikda belgilangan jazo choralari ko‘riladi. Shuningdek, xar bir ichki ishlar idoralari xodimi sodir etgan xatti-harakati uchun fuqarolar bilan teng huquqlilik asosida ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilib bu haqida ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma’lum qilamiz.
Hurmatli fuqarolar, fuqarolik faolligingiz uchun o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz. Huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi bergan xabaringizga asosan qonuniy choralar ko‘riladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlaringizni qoldirganingizda, axloq-odob qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.
Qonun oldida hamma barobar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi