Sumalak haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • 21-03-2018, 09:20
  • 1 932
  • Jamiyat
  • Sumalak haqida qiziqarli ma’lumotlar
    Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug‘doy doni ko‘katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha, foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar o‘tmagan.

    Ko‘p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil kilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, sog‘-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga to‘g‘ri keladi.
    • Sumalak bahorning shifobaxsh taomi bo‘lib, u qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi.
    • Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar mo‘l bo‘ladi.
    • 1936 yilda bug‘doy o‘simtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bug‘doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenщen tarkibida uchraydigan Ye vitaminining o‘zginasi ekanligini isbotlashgan.
    • Olimlarning ta’kidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, me’da-ichak xastaliklariga yaxshi davo bo‘lib, qon tarkibini yaxshilab, me’da-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi.

    » » Sumalak haqida qiziqarli ma’lumotlar