15:30 / 21.03.2018
5 399

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatning salohiyati, shahar va tumanlarning ko‘rgazmalari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

O‘zbekiston Prezidenti viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev mazkur bog‘da o‘rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo‘ydi.

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi. O‘zbekiston Prezidenti ular bilan suhbatda ajdodlarning ma’naviy merosi ikki xalqning umumiy boyligi ekani, uni o‘rganish azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi (foto)