Sodda odamlarni aldash, mol-dunyosini o‘zlashtirishni kasb qilgan, folbinlikdan firibgarlik yo‘lida foydalangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Qibray tumanida yashovchi, turmushga chiqmagan, endigina yigirma besh yoshni qarshilagan S.Xatamova(ism-shariflari o‘zgartirilgan) folbinlikni kasb qilib olgan. 2018 yil 16 mart kuni u Qibray tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan J.Botirovani ishonchini suste’mol qilib, taqib yurgan tilla taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
Aniqlanishicha, jabrlanuvchiga taqinchoqlar omadsizlik keltirishini aytib aldagan holda jami bahosi 18 million 775 ming so‘m bo‘lgan 3 dona tilla uzuk, 2 juft tilla zirak, 1 dona tilla zanjir, shuningdek, baraka keltirishi uchun “eskicha” yo‘l bilan o‘qib beraman deb, aldab 1 million 200 ming so‘m pullarini egallab olib, o‘z extiyoji uchun ishlatib yuborgan.
J.Batirova aldanganini sezib qolib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilganidan so‘ng folbin firibgarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi