12:45 / 23.03.2018
4 929

Avtomashinadan 5 ming dollarni o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi

Avtomashinadan 5 ming dollarni o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi
Samarqand shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 21 mart kuni A.Q. IIBga murojaat qilib, 2018 yil 17 mart kuni soat 23.00larda noma’lum shaxslar uyi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Neksiya”, rusumli avtomashinasi salonidan 5.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 109-uyda yashovchi, “Ismat trans” MChJ haydovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan O.U. va A.Temur ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.K. sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashinadan 5 ming dollarni o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi