12:20 / 24.03.2018
4 719

Issiqko‘lgacha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Issiqko‘lgacha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: “Gazeta.uz”
22 martdan yozgi mavsum uchun “Toshkent-Bishkek-Baliqchi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l aloqasi ishga tushirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, Issiqko‘l qirg‘og‘igacha haftaning payshanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan 20:50 da yo‘lga chiqiladi.

Yo‘lga 25 soatu 39 daqiqa sarflanadi. Bishkekka poyezd 16:03 da yetib boradi, Baliqchi posyolkasiga esa — 22:29 da. Toshkentga poyezd shanba kuni 1:59 da otlanib, yakshanba kuni 5:30 da poytaxtga yetib keladi.

300 yo‘lovchiga mo‘ljallangan poyezd birinchi sinf (CB), 5 kupe, 2 ta plaskart va vagon-restoranni o‘z ichiga oladi.

Issiqko‘l bilan temir yo‘l aloqasini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning Toshkentga tashrifi vaqtida imzolangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiqko‘lgacha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi