18:20 / 24.03.2018
5 990

“ВВС News” telekanali Orol dengizi haqida ko‘rsatuv tayyorlaydi

"ВВС News" телеканали Орол денгизи ҳақида кўрсатув тайёрлайди
Dunyodagi eng yirik mediakompaniyalardan biri, Buyuk Britaniya teleradiokorporatsiyasi – “BBC News” telekanali muxbirlari joriy yilning 27 martidan 6 aprelgacha Qoraqalpog‘istonda ijodiy safarda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar beradi.

Orol dengizi qirg‘og‘ida o‘rmonzorlarning qayta tiklanishi bo‘yicha ko‘rsatuv tayyorlash telekanal ijodkorlarining asosiy obyekti hisoblanadi.

O‘n kunlik safar davomida “BBC News” telekanali xodimlari global muammolardan biri sanalgan ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi va jahonda yuz berayotgan boshqa ekologik muammolarni aks ettiruvchi “Taking the Temperature” ko‘rsatuvi uchun maxsus reportaj tayyorlaydi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “ВВС News” telekanali Orol dengizi haqida ko‘rsatuv tayyorlaydi