18:43 / 24.03.2018
5 281

Yangiyo‘ldagi YTHda o‘qituvchi halok bo‘ldi

Yangiyo‘ldagi YTHda o‘qituvchi halok bo‘ldi
Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Yangiyo‘l tumanida “Matiz” haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 2018 yilning 22 mart kuni soat 21.00 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.G. o‘z boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinani “Toshkent — Dushanbe” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida boshqarayotib, piyoda, Yangiyo‘l tumanida yashagan, Yangiyo‘l shahridagi 9-sonli maktabning o‘qituvchisi, 1967 yilda tug‘ilgan, D.Sh.ni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘ldagi YTHda o‘qituvchi halok bo‘ldi