21:15 / 24.03.2018
8 953

Jizzaxda mudhish qotillik, 14 yoshli qizaloq bo‘g‘ib o‘ldirildi

Jizzaxda mudhish qotillik, 14 yoshli qizaloq bo‘g‘ib o‘ldirildi
Foto: “protoday.uz”
Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan B.Tojiyev IIBga murojaat qilib, 2018 yil 22 mart kuni 14 yoshli qizi D.Tojiboyeva uyidan qoramollarini boqish uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, 23 mart kuni shu mahalla hududida joylashgan tog‘ yon bag‘ridan D.Tojiboyevaning bo‘g‘ib o‘ldirilib, toshlar tagiga ko‘milgan holdagi jasadi topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida qizning mahalladoshi, 1995 yilda tug‘ilgan T.Oltiyev uni bo‘g‘ib o‘ldirganligi aniqlangan.

Qotil qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda mudhish qotillik, 14 yoshli qizaloq bo‘g‘ib o‘ldirildi