22:22 / 24.03.2018
4 715

“Toshturma” buzib tashlanib, o‘rnida zamonaviy xiyobon bo‘ladi

“Toshturma” buzib tashlanib, o‘rnida zamonaviy xiyobon bo‘ladi
Toshkent shahridagi 1-sonli hibsxona.
Foto: “123ru.net”

Xalq orasida “Toshturma” nomi bilan mashhur vaqtincha hibsda saqlash muassasasi buzib tashlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Telegram”dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Hukumatining 2018 yil 22 martdagi farmoyishiga asosan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli hibsxona joylashgan bino va inshootlar Toshkent shahar hokimligiga o‘tadi.

Toshkent shahar hokimligiga mazkur obyektni uch oy muddatda buzish va buzishdan bo‘shagan yer maydonini obodonlashtirish va unda barcha infratuzilma obyektlari mavjud bo‘lgan zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hibsxona yanvar oyida Zangiota tumaniga ko‘chirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toshturma” buzib tashlanib, o‘rnida zamonaviy xiyobon bo‘ladi