00:15 / 26.03.2018
8 650

Surxondaryoda Damas va “KamAZ” yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Surxondaryoda Damas va “KamAZ” yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 24 mart kuni katta talafotlarga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, soat 16:30 atrofida J.Usmonov Sherobod tumanida avtomobilida “Sherobod—Jarqo‘rg‘on” yo‘lining 7-kilometrida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan A.Ziyodullayev boshqaruvidagi “KamAZ” yuk mashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etdi.

YTH oqibatida Damas yo‘lovchilari 1959 yilda tug‘ilgan M.Abdullayev va 2016 yilda tug‘ilgan L.Abduzoirov voqea joyida halok bo‘ldi.

Haydovchi J.Usmonov va yana 8 nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Damas va “KamAZ” yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor