Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan A.A. boshqaruvidagi “Gaz” rusumli yuk avtoulovi “Uch qahramon” YPX maskanida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur yuk mashinasi yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy narxi 40 200 000 so‘mlik 19 dona turli rusumdagi muzlatgich hamda 4 dona konditsioner borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Haydovchi A.A. ushbu maishiy texnikalarni Toshkent shahri “O‘rikzor” savdo majmuasiga olib borib, fuqaro Sh.M.ga yetkazib berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu mahsulotlar “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona kompleksi orqali tashmachilar ko‘magidan foydalangan holda mamlakat hududida qayta sotish maqsadida olib kirilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?