O‘zbekistonda 1 apreldan benzin narxi ham oshadimi?

  • 26-03-2018, 21:48
  • 2 352
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda 1 apreldan benzin narxi ham oshadimi?
    Joriy yilning 1 aprel sanasidan mamlakatimizda elektr energiyasi, tabiiy gazning narxi oshadi. Odamlar orasida bu sanadan benzin narxi ham qimmatlashishi mumkinligi haqidagi gaplar quloqqa chalinmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qildi.

    “O‘zneftmahsulot” AJ matbuot xizmatining ma’lumot berishicha yaqin kelajakda yonilg‘i moy mahsuloti narxi o‘zgarmaydi. Shuningdek, yonilg‘i narxi o‘zgarishi nazarda tutilayotgani ham yo‘q.

    Demak, havotirga o‘rin yo‘q, avtobenzin narxi oshmaydi.
    So‘ngi bora O‘zbekistonda 2017 yil 14-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 913-sonli qarori bilan 2017 yilning 15 noyabridan avtobenzin narxlari quyidagicha belgilangan.
    1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 3800 so‘m;
    1 litr Ai-91 avtobenzin uchun — 4300 so‘m;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qaroriga binoan joriy yilning 1 mart sanasidan
    1 litr Diezel yonilg‘isi narxi – 4600 so‘m,
    1 litr EKO rusumli Diezel yonilg‘isi narxi– 4700 so‘m etib belgilangan.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu narxlarga amal qilinadi.

    » » O‘zbekistonda 1 apreldan benzin narxi ham oshadimi?