Afzal Quvvatov o‘tgan yili Shohidani (ism-shariflar o‘zgartirilgan)ni “kattaroq” tanishlari orqali Navoiy davlat pedagogika insitutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga qizning onasidan 3 ming dollar so‘raydi. Ikki tomonlama “manfaat”li bu kelishuv afsuski, Navoiy shahridagi 10-umumta’lim maktabi yonida yomon oqibat bilan tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida Afzal ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan A.Quvvatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28-, 211-moddasi 1-qismlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?