20:18 / 28.03.2018
7 022

Samarqandda shifokor pora olayotganda qo‘lga olindi (video)

Samarqandda shifokor pora olayotganda qo‘lga olindi (video)
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Samarqand tumani xodimlari tomonidan Samarqand shahar, 1-tug‘uruqxona vrach-ginekologi pora olayotganda qo‘lga olindi.

Samarqand shahar, 1-tug‘uruqxona vrach-ginekologi, Firuza Mo‘minova ko‘rsatgan tibbiy xizmati uchun bemor Norqulova va Vahobovadan 150 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.

Shifokor huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ushbu holatni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.

"Men tibbiy yordam so‘rab, Samarqand shahar 1-tug‘uruqxona vrach-ginekologi huzuriga bordim. Shunda, shifokor F.Mo‘minova tibbiy xizmat uchun mendan 150 AQSh dollari miqdorida pul talab qildi. Shundan keyin tuman departamentiga murojaat qildim", - deydi bemor Baxtigul Norqulova.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda shifokor pora olayotganda qo‘lga olindi (video)