O‘zbekistonga zarba beruvchi vertolyotlar keltiriladi

  • 29-03-2018, 18:01
  • 1 933
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonga zarba beruvchi vertolyotlar keltiriladi
    Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya Federal xizmati direktori o‘rinbosari Vladimir Drojkovning ma’lum qilishicha Yerevanda tashkil etilgan “ArmHiTech-2018” qurol-yarog‘ ko‘rgazma doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida shartnoma imzolangan.

    Mazkur shartnomaga muvofiq Rossiya O‘zbekistonga o‘ndan ziyod “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beradi.

    “ Shartnoma imzolandi. Endilikda O‘zbekistonga “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beramiz. Mazkur mamlakat bilan harbiy-texnik hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, degan V.Drojkov ko‘rgazmada jurnalistlarga.

    Xabarda 2016 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangani, unga muvofiq Rossiya ichki narxlarda mamlakatimizga qurol-yarog‘ yetkazib berishi eslatilgan.

    Ma’lumot uchun: “ Mi-35” vertolyoti zarba beruvchi harbiy-texnika hisoblanadi. Uning uchish tezligi soatiga 300/km.gacha yetishi mumkin.

    » » O‘zbekistonga zarba beruvchi vertolyotlar keltiriladi