07:30 / 30.03.2018
6 867

“Bundan keyin mebelni kelin tomon sotib olmaydi”

“Bundan keyin mebelni kelin tomon sotib olmaydi”
– Endi avvalgiday istihola qilmayapmiz, qat’iy nazoratni o‘rnatyapmiz. Talabimiz shu – bundan keyin mebelni kelin tomon sotib olmaydi. Yigitlarda oriyat va g‘urur bo‘lsa, bu tartibga amal qilishadi, – deydi Pop tumani 2-FXDYo bo‘limi mudirasi Gulnora Alimova.

G.Alimovaning ta’kidlashicha, tuman hududi kattaligi bois bu yerda 2 ta FXDYo bo‘limi faoliyat yuritadi. Unga biriktirilgan hududda o‘tgan yilda 680 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2018 yilning 2 oyida 65 tani tashkil etmoqda.

– “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armasi qo‘shma murojaati, Oliy Majlis Senatining qarori bilan ma’qullangan nizom loyihasi hozir qizg‘in muhokama qilinmoqda, – deydi Pop tumani 2-FXDYo bo‘limi mudirasi Gulnora Alimova. – To‘y va marosimlar milliy qadriyatlarimizga mos o‘tkazilmoqda. Masalan, to‘ydan bir kun oldin bo‘ladigan kuyovning o‘rtoqlari va qizning dugonalari qatnashadigan “ZAGS” marosimi bekor qilindi. Qiz tomon nahorda beradigan osh yo‘q qilindi. To‘yoldi shahar aylanishlari, boshqa ortiqcha marosimlar o‘tkazilmayapti. Masalan, “Olmazor” mahallasida Nusratullo Ahmedov hamda Odina Rahmonaliyevaning namunali nikoh to‘yi barchaga ibrat bo‘ldi. Nikoh to‘ylariga bunday munosabat kelgusida ajrimlarning oldini olishga ham xizmat qiladi.

O‘tgan yilda tumanda 2 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, sud qarori bilan 231 ta nikoh bekor qilingan. Joriy yilning o‘tgan 2 oyida bu ko‘rsatkich 176 ta oila hisobga olingan, shu yilning 2 oyida barbod bo‘lgan oilalar tumanda 42 tani tashkil qilmoqda.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Bundan keyin mebelni kelin tomon sotib olmaydi”