11:55 / 30.03.2018
5 727

Prezident “Zarbdor tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Prezident “Zarbdor tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni Jizzaj viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu korxonani bunyod etish bo‘yicha Prezidentimizning o‘tgan yili viloyatga tashrifi chog‘ida topshiriq berilgan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida bo‘lganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini ta’kidlagan edi.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Zarbdor tekstil” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni to‘ldirib, eksportga ham yo‘naltiriladi.

Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash, dedi Shavkat Mirziyoyev. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz.

Shu yerda Jizzax viloyatida to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident “Zarbdor tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishdi