Kollaj: «Asr.uz»
Oliy Majlis Senatining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.
Bu qaror aholi o‘rtasida ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir endi to‘yga 150 tadan ko‘p kishi ishtirok etmas ekan deb xursand bo‘lsa, yana kimdir odam soni kamayishga kamaydi-yu, restoran qurmag‘urlarning narxi oshadigan bo‘ldi-da deb xafa. Chindan ham xafa bo‘lishga arziydigan muammo.
Yaqinda o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lgan bir tanishimizning aytishicha, poytaxtimizdagi to‘yxonalardan biri restoranga 150 ta odam olib kelasiz, ammo 300 kishining to‘yini qilasiz degan emish. Qiziq, Prezidentimiz jon kuydirib, to‘ylarni qisqartirish kerak deyotgan bir vaqtda to‘yxona narxlarining oshirilishi aholiga qanday yengillik yaratadi? Restoranlarning narxi osmonga yetar ekan, to‘ylarni qisqartirishdan kimga nima naf?
Yana bir mish-mishga ko‘ra, to‘yxonalardan biri agar to‘y-hashamlar bo‘yicha qaror kuchga kirsa, ularning narxi ikki barobar oshirilishini aytgan. Bu qarorning asl mohiyatini tushunmayotgan to‘yxona egalaridan chiqqan gap bo‘lsa, ajab emas. Axir to‘y-hashamlarning tartibga solinishidan ko‘zlangan maqsad aslida sarf-xarajatlarni kamaytirish emasmi?
Avvallari to‘ylar xonadonlarda bo‘lib o‘tgan. Agar chindan ham restoranlarning narxi ko‘tarilib ketsa, aholi yana xonadonlarda to‘y qiladi chog‘i. Hozir ko‘plab hovlilar o‘rniga baland uylar qurilayotganini hisobga olsak, xonadonlarda yashovchi oilalar to‘yini o‘tkazish uchun hovlilarni ijaraga olishiga to‘g‘ri kelsa kerak! Har holda bu to‘yxona narxidan ancha arzon tushadi.
Nigina Hakimova
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 mart kuni senatorlar «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorni tasdiqladilar. Tez kunda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?