30 mart kuni internetda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani tasvirlangan videoyozuv tarqaldi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati bergan izohda vazirlik hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlagani aytilgan. Vazirlik hozircha ushbu video qachon, qayerda, qaysi bolalar bog‘chasida olinganini aniqlay olmadi.
«Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holatni o‘z nazoratiga olib, tezkor ishchi guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qiladi.
Tekshiruv yakunlari bilan aniqlangan har bir holat bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi jamoatchilikni xabardor qilib boradi», deyiladi izohda.
Bungacha ham internetda bir necha marta bog‘cha tarbiyachilari bolalarni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayotgani tasvirlari tarqalgan, vazirlik va tegishli idoralar shu asosda tegishli choralarni ko‘rishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?