14:01 / 31.03.2018
4 887

Samarqandda 2 qavatli ekskursiya avtobuslari qatnaydi

Samarqandda 2 qavatli ekskursiya avtobuslari qatnaydi
Samarqandda yaqin orada ikki qavatli ekskursiya avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Ikki avtobusni Toshkentda 2015 yilda dabldekerlar harakatini boshlab bergan poytaxtning Aznur Travel kompaniyasi yetkazib berdi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, hozirda shaharning asosiy obidalarini qamrab oladigan harakatlanish yo‘nalishi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Yo‘lovchilar uchun 8 tildagi audiotur ishlab chiqilmoqda. U orqali yo‘nalishdagi ob’ektlar va Samarqand tarixi haqida bilish mumkin.

Foto: «Gazeta.uz»
Toshkentdagi kabi Samarqandda ham avtobuslarga chiptalarni kun bo‘yiga berilishi rejalashtirilmoqda: yo‘lovchilar bekatda tushib qolishi, shaharning u yoki bu qismi bilan tanishishi va sayohatini kelgusi reysda davom ettirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 2 qavatli ekskursiya avtobuslari qatnaydi