00:25 / 01.04.2018
6 531

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi?

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi?
Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX va IIB YHXB xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boshqaruvidagi “Mersedes bens” rusumli yuk avtoulovi Andijon tumanida to‘xtatildi.

U xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur yuk mashinaning yukxonasida yo‘lovchi A.I. tomonidan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan, “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochish maqsadida “tashmachilar” yordamidan foydalanib, yurtimizda qayta sotish maqsadida olib kirilgan narxi 39 536 000 so‘mlik jami 15 dona “Avangard” rusumli muzlatgichlar borligi aniqlandi.

Ana shunday holatlardan yana biri fuqaro A.O. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, avtomashinani “Andijon-Shahrixon” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirish jarayonida fosh etildi. Ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali yana o‘sha “tashmachilar” yordamidan foydalangan holda yurtimizga olib o‘tilgan qiymati 60 000 000 so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan turli xil rusumdagi 15 dona muzlatgichlar hamda 21 dona televizorlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur shaxslar o‘z yuk avtotransport vositalariga yuklangan ushbu maishiy texnika vositalarining hech qanday hujjatlari yo‘qligi sababli, huquq tartibot idoralari vakillarini chalg‘itishga urinib, yuk ortilgan avtotransport vositalarining ortki qismini O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirib, bekitishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi?