13:21 / 03.04.2018
4 971

YTH: mast haydovchi bir insonning umriga zomin bo‘ldi

YTH: mast haydovchi bir insonning umriga zomin bo‘ldi
Foto: “Sputnik”
1 aprel kuni soat 20:00 larda Temiryo‘lchilar ko‘chasi “Temiryo‘lchilar” bekati qarshisida haydovchi S.M. “Lasetti” rusumli avtomashinasini mast holda boshqarib ketayotib, yo‘l chetiga to‘xtagan “Lasetti” avtomashinasiga borib urilgan.

Natijada to‘qnashuv sodir qilib, eng yomoni, avtomashina yonida turgan, mazkur mashina egasini ham urib yuborgan. Jabrlanuvchi samarqandlik Sh.A. voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtohalokat sodir etilgan mashina ichida yana bir ayol, mirobodlik A.L. ham mast holatda bo‘lgan hamda unga suyak sinishi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YTH: mast haydovchi bir insonning umriga zomin bo‘ldi