14:20 / 03.04.2018
27 799

“Boriga baraka” o‘yini qimormi?

«Борига барака» ўйини қиморми?
Savol:
– Assalomu alaykum! Hozirda o‘zbek telekanalida “BORIGA BARAKA” ko‘rsatuvi berilmoqda. Juda ko‘p insonlar shunda ishtirok etishmoqda. O‘yin sharti shundan iboratki 5000 so‘m miqdordagi pulni o‘tkazgandan keyin o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz. O‘yinda pul o‘tkazgan insonlardan tanlab olishadi. Keyin shu o‘yinga taklif qilishadi va u inson nimadir yutib olishi aniq. Shu o‘yin qimor shartlariga to‘g‘ri keladimi?

Javob:– Va alaykum assalom!

Ha qimor bo‘ladi, chunki ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ۝
90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz.

إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ۝
91. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni istaydir. Endi to‘xtarsizlar?! Vallohu a’lam!

Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Boriga baraka” o‘yini qimormi?