Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 4R-34 “Jizzax—Gagarin” yo‘lining 49-kilometrida ikki Nexia to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hodisa 4 aprel kuni soat 12:40 atrofida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlar, Telegram’dagi ommabop kanallarda voqea joyidan video va fotolar paydo bo‘lgan.
Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro haydab kelayotgan Nexia “Jizzax—Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan arnasoylik 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashib ketgan.
Foto: Telegram / @kduzb
To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida har ikkala avtomobilda bo‘lgan barcha — jami sakkiz kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?