20:50 / 07.04.2018
8 113

Samarqandda «soxta kapitan» ushlandi (foto)

Samarqandda «soxta kapitan» ushlandi (foto)
Foto: Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati
Samarqand shahrida ichki ishlar organlari xodimi kiyimini kiyib olgan «soxta kapitan» qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, 31 mart kuni 23:30 atrofida Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «Yangi yulduz» tungi klubida egnida ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus harbiy-dala kiyimi bo‘lgan shubhali shaxs o‘tirgani, uning yonida «Makarov» to‘pponchasiga o‘xshash qurol borligi haqida tezkor xabar kelib tushgan.

Tungi klubga zudlik bilan Samarqand viloyati IIB O‘z xavfsizligi xizmati va Samarqand shahar IIO FMB xodimlari yetib borgan va asli Toshkent shahrining Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Abdulatif Rasulov qo‘lga olingan. Uning egnida ichki ishlar organlarining maxsus harbiy-dala kiyimi, yonida «Makarov» to‘pponchasiga o‘xshash qurol, 1,5 million so‘m pul bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati
«Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi IIB axborotida.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati Abdulatif Rasulov o‘zini IIB xodimi deb tanishtirishi oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarni viloyat IIBning (+99866) 233-11-11 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan ichki ishlar xizmat formasidagi «soxta mayor» qo‘lga olingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda «soxta kapitan» ushlandi (foto)